O‘zbekiston | 14:01 / 11.02.2019
121577
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi 

Foto: KUN.UZ

General-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar qildi.

U biroz avvalroq DXX raisi lavozimida ish boshlagan Abdusalom Azizov o‘rnini egalladi.

Bahodir Qurbonov bundan avval, 2018 yil fevralidan Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududini o‘z ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. 

Unga qadar, 2015 yil dekabridan poytaxt IIBB rahbari, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 

Mavzuga oid