Barcha turdagi xalq ta'limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasi 1,5 barobarga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
2019 yil 1 martdan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek, barcha turdagi xalq ta'limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumta'lim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash;
2019 yil 1 oktyabrdan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma'lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta'limi muassasalari oliy ma'lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta'lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish, bunda ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tarbiyachilari uchun ko‘zda tutilgan ustamani bekor qilish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Mavzuga oid
17:32 / 26.10.2024
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlari uchun bir martalik kompensatsiya beriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
17:57 / 12.10.2024
Ayollar uchun xavfsiz boshpana – reabilitatsiya markazlari qanday ishlaydi?
21:01 / 23.09.2024