Ilon Mask Marsga ko‘chib o‘tish qancha pulga tushishi mumkinligini ma'lum qildi
SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Maskning fikricha, bir kun kelib ko‘plab odamlar Marsga parvoz qila oladilar. Buning uchun ular Yerdagi uy-joylarini sotib, olingan pulni Qizil sayyoraga ko‘chib o‘tishga tiksalar bo‘lgani. Bundan tashqari, Mask bunga jur'at qila oladiganlar uchun bonus taklif qildi: Yerga qaytish mutlaq bepul bo‘ladi. Agar albatta siz omon qolsangiz.
Mask tvitterda Oy yoki Marsga parvoz imkoniyati qancha turishi haqidagi savolga barchasi bu parvozlar hajmiga bog‘liq bo‘lishini aytgan. “Men aminmanki, bir kun kelib Marsga ko‘chib o‘tish 500 ming dollardan, balki 100 ming dollardan ham kamroq turishi mumkin bo‘ladi”, deb yozgan Mask.
Tadbirkorning fikricha, bu qiymat rivojlangan iqtisodiyotga ega ko‘plab davlatlar odamlari o‘z uylarini sotib, boshqa sayyoraga ko‘chib o‘tishni moliyalashtira olishlarini anglatadi.
Mask bunday hamyonbop parvozlarni ko‘p marotabalik koinot qurilmasi Starship yordamida amalga oshirmoqchi. Ushbu qurilma bir uchishda Marsga yuzga yaqin odamni yetkazishi mumkin.
Mavzuga oid
22:34 / 30.09.2024
Ilon Mask «dronlar to‘dasi» o‘rtasida janglar sodir bo‘lishidan ogohlantirdi
21:50 / 28.09.2024
Braziliya Oliy sudi X ijtimoiy tarmog‘iga yangi jarima belgiladi
22:47 / 25.09.2024
Tadqiqotchilar Marsdagi vulqonlar qayta uyg‘onishi mumkinligini ma’lum qildi
14:30 / 23.09.2024