O‘zbekiston | 11:30 / 14.02.2019
55317
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: O‘zbekneftgaz

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining yangi raisi tayinlandi. Hukumat qaroriga ko‘ra, Bahodirjon Bahromovich Siddiqov jamiyat boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan.

Bahodir Siddiqov bundan oldin Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgandi. U 2009−2010 yillarda va 2017 yilda «Neftegazinvest» mas'uliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida ishlagandi. 2017-2018 yillarda esa «O‘zbekneftgaz» AJ raisi o‘rinbosari ham bo‘lgan. 

U yangi lavozimda Bahrom Ashrafxanov o‘rnida ish boshlaydi. O‘zbekistonning Rossiyadagi sobiq elchisi bo‘lgan Bahrom Ashrafxonov 2018 yilning sentyabrida Alisher Sultonov o‘rniga «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchi​si lavozimiga tayinlangandi.

Ashrafxonov 2019 yilning fevral oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangach, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv Raisi lavozimi bo‘sh qolayotgandi.

Mavzuga oid