O‘zbekiston | 08:03 / 14.02.2019
7668
3 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligining sil tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy vazifalari belgilandi 

Foto: Assistenzamalasanita

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Qaror bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sil va o‘pkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy vazifalari etib belgilandi:

mintaqaviy epidemiologik holatni muntazam ravishda tahlil qilish va monitoringini olib borish, sil va uning dorilarga chidamli shakllari, o‘pkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishi tendensiyalarini prognoz qilish;

sil va o‘pkaning nospetsifik kasalliklarini keltirib chiqaradigan qo‘zg‘atuvchilarni laborator tashxislash usullarini sifat jihatidan yanada yaxshilash;

innovatsion usullarni joriy qilish asosida sil va nospetsifik o‘pka kasalliklarining oldini olish borasidagi kompleks profilaktika ishlarini amalga oshirish, silning latent shakllarini, silni yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni, shuningdek, silning dorilarga chidamli turiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni tashxislash va davolashni tashkillashtirish;

sil va o‘pkaning nospetsifik kasalliklarini profilaktika qilish,
o‘z vaqtida tashxislash va davolashga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy
va innovatsion loyihalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning muvofiqlashtirilishini ta'minlash;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida barchaga sifatli tibbiyot xizmatlarini ta'minlagan holda silning tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarning OIV/OITSni davolash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish dasturlari bilan integratsiyasini tashkillashtirish.

Quyidagilar:

2019-2021 yillarda sil va o‘pkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish kompleks chora-tadbirlari;

2020-2021 yillarda ftiziatriya muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish tadbirlari dasturi;

2020-2021yillarda ftiziatriya muassasalarini zamonaviy tashxislash, davolash va reanimatsiya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi;

2020-2021 yillarda silga qarshi sanatoriyalarni zamonaviy reabilitatsiya, tashxislash va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Mavzuga oid