Shohjahon Ergashev navbatdagi g‘alabasiga erishdi
Professional ringda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev biroz avval AQShning Kanzas shtatida faoliyatidagi 16-jangni yakunladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur bahsda hamyurtimizga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Maykl Foks raqiblik qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Bahs hamyurtimiz uchun oson kechgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, Shohjahon yakunda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, 27 yoshli Shohjahon Ergashevning professional boksda o‘tkazgan janglari soni 16 taga yetdi. U janglarning barchasini (14 tasini nokaut evaziga) o‘z foydasiga hal etgan. Foks esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. U bungacha 19 marotaba ringga ko‘tarilib (5 ta nokaut), janglarning barchasida g‘alaba qozongandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohjahon Ergashevdan WBA International kamari olib qo‘yilgan haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:17
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024