Jamiyat | 14:27 / 17.02.2019
25642
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik mehnat muhojiri Sankt-Peterburgda 10-qavatdan qulab tushdi va omon qoldi

15 fevral kuni Sankt-Peterburgda, Murinodagi «Voronsovskiy bulvar» turar joy hududida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tushdi.  

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, montajchi bo‘lib ishlagan yosh yigitni boshi, ko‘krak qafasi, qorin va tos jarohatlari bilan Toskovodagi shifoxonaga olib borishgan. Unda umurtqa sinishi va bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.

Sankt-Peterburg huquq-tartibot organlari bu mehnat muhojiri O‘zbekistondan kelgani, 23 yoshdaligi va Peterburgda ham, Lenin oblastida ham vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmaganini aniqlashgan.

Hodisaga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Mavzuga oid