O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonalar soni aytildi
2019 yil 1 fevral holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 274,9 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 18,1%ga oshgan.
Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yil yanvar oyida 12,8 mingdan ziyod kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 8,4 mingtaga ko‘proqdir.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 274,9 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 76,8 mingtasi (27,9%) – savdo, 58,5 mingtasi (21,3%) - sanoat, 30,0 mingtasi (10,9%) - qurilish, 24,5 mingtasi (8,9%) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 20,4 mingtasi (7,4%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi, 13,4 mingtasi (4,9%) - tashish va saqlash, 6,9 mingtasi (2,5%) - axborot va aloqa sohasi, 5,5 mingtasi (2,0%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek 39,0 mingtasi (14,2%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘pi savdoda 6549 ta, sanoatda 2418 ta, qurilishda 1107 ta va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 637 ta tashkil etilgan. Eng kam esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda 112 ta, axborot va aloqada 133 ta hamda tashish va saqlashda 335 ta tashkil etilgan.
Eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahri (2785 ta), Toshkent (1235 ta), Samarqand (1074 ta) va Farg‘ona (1234 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng kam Sirdaryo (276 ta), Xorazm (830 ta) hamda Navoiy (302 ta) viloyatlarida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024