Jahon | 16:00 / 18.02.2019
12433
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston vs Hindiston. Islomobod o‘z elchisini chaqirtirib oldi

Foto: Faisal Mahmood/Reuters

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Muhammad Faysalning xabar berishicha, mamlakat tashqi siyosat idorasi maslahatlashuvlar uchun Hindistondan o‘z elchisini vaqtinchalik chaqirtirib olishga qaror qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Hindistonda sodir bo‘lgan terakt fonida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan keskinlik bilan bog‘liq.

«Biz Hindistondan elchimizni maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldik. U bugun ertalab Nyu-Dehlini tark etdi», - deya ma'lum qilgan Faysal. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Pokistonni butunlay yakkalatib qo‘yishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Hindiston Moliya vazirligi rahbari Arun Jyetli so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Jammu va Kashmir shtatida yuz bergan, 44 nafar harbiy xizmatchining o‘limiga olib kelgan portlashdan keyin Pokistonni butunlay yakkalatib qo‘yishga qaror qildi. 

Mavzuga oid