Lempard «Chelsi»ga qaytishi mumkin
«Chelsi» bosh murabbiy lavozimiga ikki nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Spors xabar berdi.
«Aristokratlar» Mauritsio Sarri iste'foga chiqarilgan taqdirda uning o‘rniga «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanni, yoki jamoaning sobiq futbolchisi, ayni paytda «Derbi Kaunti»ni boshqarayotgan Frenk Lempardni taklif etishmoqchi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlardagi natijalar rahbariyatni xavotirga qo‘ymoqda. Klub oxirgi uchta o‘yindan ikkitasida mag‘lubiyatga uchradi. Dastlab APLda «Manchester Siti» (0:6), so‘ng Angliya kubogida «Manchester Yunayted»ga (0:2) imkoniyat boy berildi.
Shu munosabat bilan Sarrining lavozimida qolishi ehtimoli kamaygan. «Stemford Brij»dagilar jamoani mavsum oxiriga qadar Sarrining assistenti Janfranko Dzolaga ishonib topshirish variantini ham ko‘rib chiqishmoqda.
Boshqa manbalarda amaldagi italiyalik murabbiy hali kamida ikkita o‘yinda bosh murabbiy bo‘lishi aytilmoqda. Bu borada yakuniy qarorni klub xo‘jayini Roman Abramovich qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, London shahri jamoasi Premer-liganing 26-turidan keyin oltinchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024
Serlot «Real»ga 4 ta gol urdi, «Chelsi» ham yevrokubokda. Kun o‘yinlari
12:06 / 06.05.2024