Jahon | 13:14 / 22.02.2019
23472
2 daqiqa o‘qiladi

Basketbol o‘yini vaqtida yirtilib ketgan krossovka Nike aksiyalarining «qulashi»ga olib keldi

Foto: Streeter Lecka/Getty Images

AQShda «Dyuk Blyu Devilz» va «Shimoliy Karolina Tar Xilz» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 33-soniyasida «Dyuk Blyu Devilz» basketbolchisi Sion Uilyamsonning Nike krossovkasi yirtilib ketdi, deb yozmoqda Business Insider. Tribunada ishqibozlar orasida AQSh sobiq prezidenti Barak Obama ham bor edi.

Uilyamson parketda sirpanib ketgan va yiqilib tushgan, natijada uning krossovkasi bir necha qismga yirtilib ketdi. Sportchi o‘yinni davom ettira olmadi hamda maydonni tark etdi, uning jamoasi esa 72-88 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Voqea Uilyamsonning tizzadan jarohat olishi, «Dyuk Blyu Devilz»ga 12 yillik shartnoma doirasida forma yetkazib beruvchi bo‘lgan Nike aksiyalarining 21 fevralda 1,5 foizga pasayishiga olib keldi. Kompaniya aksiyalari qiymati hamon pasayishda davom etmoqda.

Foto: Getty Images

«Biz mahsulotimizning sifatiga yuqori darajada ustuvor ahamiyat beramiz. Bu alohida holat bo‘lsa-da, biz muammoni aniqlash uchun harakat qilmoqdamiz», - deya izoh berishgan Nike’dan.

Ushbu hodisa fonida Nike’ning raqobatchilari Adidas va Puma Nyu-Yorkda savdolarni 0,15% va 1,63%lik o‘sish bilan boshladi.

Mavzuga oid