Olimjon To‘xtanazarovning deputatlik vakolati muddatdan avval to‘xtatildi
Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Nampravda xabar berdi.
Sessiyada Oliy Majlis senatorlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari boshliqlari ishtirok etishdi. Oliy Majlis Senati kengashining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi, viloyat hokimi qarorlarini tasdiqlash va tashkiliy masalalar kun tartibiga olib chiqildi.
Xususan, sud qarori asosida viloyat Kengashining 4-Umrzoqov saylov okrugidan deputati Olimjon Abdunazarovich To‘xtanazarovning vakolatlari muddatidan avval to‘xtatildi.
Shuningdek, 33-Isoqcho‘yan saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati Abdusalom Vohidovich Umarovning vakolatlari ham uning o‘z arizasi asosida to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining sobiq deputati, pora bilan ushlangan Olimjon Abdunazarovich To‘xtanazarovga nisbatan sud hukmi o‘qilgandi.
U 2018 yilning 22 sentyabrida Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida arizachi I.M.dan 500 dollar pulni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingandi.
Ushbu holat yuzasidan Olimjon To‘xtanazarovga nisbatan 22 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi («xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik»), 28-moddasi («jinoyatda ishtirokchilarning turlari») va 211-moddasi 1-qismi («pora berish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, Olimjon To‘xtanazarov xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi roziligi olingan holda, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi («ushlab turish asoslari») tartibida ushlangandi.
Mavzuga oid
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
12:34 / 26.07.2024
O‘zbekistonda ilk bor deputatlar saylovi aralash tizimda o‘tadi
10:00 / 06.07.2024
Chet davlatda yashash uchun ruxsatnoma olgan deputat va senatorlarning vakolatlari tugatiladi
10:15 / 05.07.2024