Jahon | 18:09 / 28.02.2019
7528
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniy G‘arbni «oligarxlar»ga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirdi

Foto: Maxim Shemetov / REUTERS

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Financial Times nashriga bergan intervyusida G‘arbning Kremlga nisbatan kiritgan hozirgi sanksiyalari «mo‘ljalga tegmayotganini» aytdi. 

«Amerikaning sanksiyalar siyosati mutlaqo tartibsiz. Ular siyosiy oligarxlarga qarshi sanksiya kiritishi kerak edi. Qolgan barchasi befoyda qog‘oz isrof qilishdir», dedi u.

Navalniy Amerika hukumatining Oleg Deripaska tomonidan affillangan UC Rusal va En+ kompaniyalaridan sanksiyalarni olib tashlash haqidagi qarorini tanqid qildi. Uning fikricha, bu Vashingtonning «yirik mag‘lubiyati» hisoblanadi.

Muxolifatchining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada Skripallar zaharlanganidan so‘ng «Rossiya pullari»ga qarshi boshlangan kampaniya ta'siri kuchli lobbistlar va yuristlar tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. 

Navalniyning aytishicha, Amerikaning yangi sanksiyalar qonun loyihasidagi investorlarga Rossiyaning qarz majburiyatlarini sotib olishni taqiqlash singari choralar faqatgina «oddiy rossiyaliklarga» zarar yetkazadi, Kremlga esa hech qanday ta'siri bo‘lmaydi.

Mavzuga oid