Jahon | 11:18 / 28.02.2019
36692
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston va Hindiston yana bir-biriga o‘t ochdi

Foto: Channi Anand/AP/TT

Pokiston Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatidagi aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Bu haqda TASS mahalliy OAVga tayangan holda xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, voqea Punch okrugida mahalliy vaqt bilan soat taxminan 06:00da (Toshkent vaqti bilan 05:30) sodir bo‘lgan. Hindiston qo‘shinlari zarbani qaytarishgan.

Bundan oldin, mamlakatlar havo hududidagi jangovar to‘qnashuvlar haqida xabar berilgan edi. 26 fevral ertalab Hindiston harbiy-havo kuchlari Kashmirning Pokiston qismidagi “Jayishi Muhammad” guruhining yirik mashg‘ulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida ko‘plab jangarilar, ularga tegishli transport, qurol va o‘q-dori yo‘q qilingan. Hindiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Vijay Gokxale bu zarba zarur bo‘lgani, chunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkushlar ishtirokida hujumlar tayyorlayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgandi.

Shundan so‘ng, Hindiston javob qaytarib, Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirdi.

Mavzuga oid