Jahon | 13:24 / 28.02.2019
8787
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya Hindiston va Pokistonni vazminlikka chaqirdi
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing ma'lum qilishicha, Tokio Hindiston va Pokistonni hozirgi mojaroga muloqot yo‘li bilan yechim topishga chaqiradi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Yaponiya Kashmirdagi vaziyat keskinlashib ketganidan xavotirga tushmoqda», - dedi Kono.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Tokio Islomobodni terrorchilarga qarshi qat'iy choralar ko‘rishga chaqiradi.
Kononing qayd etishicha, Yaponiya har ikki tomonni ham vazmin bo‘lishga chaqiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston va Hindiston yana bir-biriga o‘t ochgandi.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
15:12 / 09.11.2024