Jahon | 21:51 / 04.03.2019
8363
1 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasidagi eng talabgir lavozim ma'lum qilindi 

Foto: Twitter/The Verge‏

Apple kompaniyasi o‘z servislarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ygandan keyin kompaniyada eng talabgir mutaxassislar borasida vaziyat o‘zgardi.  

Endilikda kompaniyada dasturiy ta'minot ishlab chiqish sohasidagi mutaxassislar eng katta talabga ega bo‘lmoqda. Bu haqda Thinknum mutaxassislari ma'lum qildi. 

2-o‘rinni muhandis lavozimi egallamoqda. 

Kompaniyada uzoq yillar davomida apparat ta'minoti mutaxassislari eng talabgir hisoblangan. Biroq 2019 yilda ularni dasturchilar ortda qoldirdi. Bu kompaniyaning o‘z servislarini yaratish va yaxshilashga katta e'tibor bera boshlagani bilan bog‘liq. 

Shuningdek, eng talabgir lavozimlar orasida chakana do‘konlar menejyerlari va sotuvchilari, dizaynerlar ham bor. Kompaniyada yangi dasturchilarning bir qismini iOS 13 operatsion tizimini yaratishga jalb qilish rejalashtirilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Siri Shortcuts kabi servislarini takomillashtirish bilan shug‘ullanmoqda. 

Mavzuga oid