Sport | 20:17 / 05.03.2019
24487
1 daqiqa o‘qiladi

Futbol qoidalariga o‘zgarishlar kiritildi: «Jonli devor» qo‘yish va futbolchi almashtirish tartibi o‘zgardi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi «IFAB» futbol qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra futbol qoidalariga 5 ta qo‘shimcha kiritildi:

1. Qo‘l bilan o‘ynashga cheklov kuchaydi. Endi futbolchi gol urayotgan yoki darvozaga yo‘naltirilgan to‘pni qaytarayotgan vaziyatda to‘pni qo‘l bilan o‘ynamoqchi bo‘lgandek chalg‘ituvchi harakat qilishi ham qoida buzilishi deb baholanadi;

2. Endi zaxiraga olingan futbolchi maydonning xohlagan yeridan chiqib ketishi mumkin;

3. Murabbiy va rasmiy shaxslarga kartochka ko‘rsatish tartibi konkretlashdi;

4. Penalti vaqtida darvozabonlarga qulaylik paydo bo‘ldi. Endi darvozabon penalti vaqtida bitta oyog‘ini chiziqda ushlab tursa kifoya;

5. Jarima zarbasi vaqtida hujum qilayotgan jamoa «jonli devor»ga o‘z futbolchisini qo‘ya olmaydi.

Mavzuga oid