600 million dollar: Inson a'zolari “qora bozori”ning yillik aylanmasi shunchaga baholandi
Dunyoda inson a'zolarining noqonuniy aylanmasi yiliga 600 mln dollarga baholanadi. BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining bunday ma'lumotlari Gvatemalada ochilgan, odam, inson a'zolari va to‘qimalari savdosi muammolariga bag‘ishlangan ilk hududiy kongressda ma'lum qilindi.
Tadbirdan maqsad ma'lumotlar almashish hamda inson a'zolari aylanmasiga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqishdan iborat. Kongressda Gvatemaladan tashqari, Gonduras, Salvador, Dominikana, Meksika, Kosta-Rika ham ishtirok etmoqda.
Ta'kidlanishicha, Gvatemala geografik va iqtisodiy jihatdan odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro jinoyatchilik to‘rlarini o‘ziga jalb qiluvchi hisoblanadi.
5 mart kuni o‘z ishini boshlagan kongress 2 kun davom etadi.
Mavzuga oid
15:55
Toshkentda inson a’zolari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan talaba jinoiy jazoga tortildi
23:14 / 07.10.2024
Telegram uyushgan jinoiy guruhlarning «xufyona bozorlariga» aylandi – OAV
20:23 / 07.10.2024
2023 yilgi qurg‘oqchilik dunyo daryolarining 50 foizini sayozlashtirdi
10:00 / 07.10.2024