Guaydo Yevropani Venesuelaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Yevropani Karakasga qarshi moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda Spiegel yozmoqda.
Guaydoning fikriga ko‘ra, Yevropa davlatlari Venesuelaga nisbatan sanksiya cheklovlarini kuchaytirishi kerak.
«Xalqaro hamjamiyat venesuelaliklarning pullari rejim tanqidchilari va mahalliy xalqlar vakillarini yo‘q qilish uchun ishlatiladigan vaziyatga yo‘l qo‘ymasligi lozim», - dedi Guaydo.
Uning tushuntirishicha, Venesuela xalqi hozirning o‘zidayoq aziyat chekmoqda, sanksiyalar joriy etilishi bilan bu ahvol uncha jiddiy tarzda o‘zgarmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuela bilan munosabatlar uchun uchinchi davlatlarga sanksiyalar va'da qilgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 19.09.2024
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
19:59 / 15.09.2024
Venesuela AQShni mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi
14:00 / 09.09.2024
YeI Venesuelada muxolifatni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi
18:15 / 08.09.2024