Sport | 22:22 / 07.03.2019
11954
1 daqiqa o‘qiladi

Islom To‘xtaxo‘jayevning goli eng chiroyli bo‘lishga da'vogar

OFK saytida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida urilgan eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Nomzodlar orasida «Lokomotiv» himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayevning BAAning «Al-Vahda» (2:0) klubiga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan darvozaga kiritgan to‘pi ham bor. Shuningdek, «Ar-Rayyan» hujumchisi Gonsalo Viyera, «Degu» hujumchisi Sesinya va «Kashima Antlers» yarimhimoyachisi Serjino goli unga raqiblik qilmoqda. 

Nomzodlarga ushbu havola orqali ovoz berish mumkin.

 http://www.the-afc.com/competitions/afc-champions-league/sponsor/goaloftheweek/

Mavzuga oid