O‘zbekiston va Lyuksemburg TIV rahbarlari hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
2019 yilning 6 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Lyuksemburg Buyuk Gersogligining tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Lyuksemburg kun tartibidagi barcha masalalar va hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, jumladan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalar muhokama qilingan.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston Lyuksemburgni Yevropadagi ishonchli sherik deb hisoblaydi. Lyuksemburgning “O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarida faol rolini hisobga olgan holda ushbu davlat bilan «O‘zbekiston-YeI» shaklidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi.
Vazir Jan Asselborn 2010 yil 28-29 mart kunlari rasmiy delegatsiya rahbarligidagi O‘zbekistonga qilgan tashrifini iliq so‘zlar bilan yodga oldi va Lyuksemburg rahbariyati mamlakat hamda butun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat berishini ta'kidladi.
Muzokaralarda mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shu o‘rinda Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Shuningdek, vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni faollashtirish masalalarini ko‘rib chiqdilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:30 / 15.08.2024
Fridman Lyuksemburgdan 16 mlrd dollar talab qilyapti
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
07:55 / 23.05.2024