Olimlar galaktikamizning massasini hisoblab chiqishdi
Yevropa koinot agentligi (YeKA) sayyoramiz, Quyosh tizimi va boshqa yulduzlar joylashgan Somon yo‘li galaktikasining taxminiy massasini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Olimlar ma'lumotlariga ko‘ra, hisoblab chiqilgan massa 1,5 trlnta Quyosh massasiga teng ekan.
Hisob-kitoblar ESA Gaia teleskopi va Hubble teleskopi yordamida olingan ma'lumotlar asosida amalga oshirilgan. Turli davlatlar astronomlari tomonidan o‘tkazilgan avvalgi hisoblashlar galaktikaning massasi 500 mlrd tadan 3 trlntagacha Quyosh massasiga tengligini ko‘rsatgan.
YeKA bayonotida ta'kidlanishicha, baholashlardagi bunday farqlar “galaktikada qora materiyaning taqsimlanishini hisoblash usullaridagi farq bilan bog‘langan”. Bu materiyaga galaktika umumiy massasining 90 foizi to‘g‘ri keladi. Qora materiya elektr magnit nurlanish taratmagani va u bilan bevosita ta'sirlashmagani sababli bu uni kuzatishni murakkablashtiradi yoki umuman imkoni yo‘q qiladi.
Sayyoralar massasi galaktikamiz massasining kichkina qismini tashkil qiladi. Shu sababli hisoblashlar galaktikaning spiral diski atrofida undan olisda aylanuvchi zich yulduzlar guruhlari tezligini o‘lchashga asoslangan.
Mavzuga oid
09:43 / 03.02.2024
NASA Somon yo‘lidan tashqarida joylashgan 19 ta spiral galaktika suratini e’lon qildi
10:59 / 25.03.2019
Somon yo‘lida ulkan kosmik «zambarak» topildi
15:47 / 22.03.2019
Galaktika markazida sirli yirik obektlar topildi
20:01 / 20.02.2019