Sayyora Rashidova orden bilan mukofotlandi
Sayyora Sharofovna Rashidova «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda prezidentning bir guruh ayollarni faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonida aytiladi.
Sayyora Rashidova 1943 yilning 2 avgust kuni Jizzaxda tavallud topgan. Kimyogar olima. O‘z vaqtida O‘zbekiston rahbari bo‘lgan Sharof Rashidovning qizi. Moskva universitetini tugatgan (1965), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1972—79), polimerlar kimyosi bo‘limi rahbari (1979-81) bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1981 yildan).
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984). Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (1995 yildan). «Do‘stlik» (1999), «El-yurt hurmati» (2003) ordenlari bilan mukofotlangan.
Mavzuga oid
16:29 / 30.12.2023
Turkiya kompaniyasi ta’sischisi O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
14:52 / 03.11.2023
Shavkat Mirziyoyevga Turkiy davlatlar tashkilotining oliy mukofoti topshirildi
22:08 / 29.09.2023
Prezident ta’lim-tarbiya tizimida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni mukofotladi
15:00 / 30.08.2023