Sport | 19:01 / 08.03.2019
10290
2 daqiqa o‘qiladi

Superliganing yangi mavsumi «Qizilqum» - «Andijon» o‘yini bilan boshlandi

Foto: UzPFL

Superligada 2019 yilgi mavsum start oldi.

Ilk o‘yin Navoiyda o‘tkazildi. «Qizilqum» o‘z maydonida «Andijon» bilan bellashdi. Bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

30-daqiqada Oybek Qilichev jarima zarbasidan chiroyli gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada Sherali Jo‘rayev darvozabon qaytargan to‘pni yaqin masofadan darvozaga kiritib, hisobni tenglashtirdi.

Superliga, 1-tur
8 mart, Navoyi
Qizilqum (Navoiy) – Andijon (Andijon) 1:1  
Gol: Sherali Jo‘rayev (72) – Oybek Qilichev (30)
«Qizilqum»: 1. Yevgeniy Cheremisin, 4.Erkin Baydullayev, 7. Murodbek Bobojonov, 10. Alisher Sanoyev, 14. Fayzulla Qambarov, 17. Salim Mustafoyev, 18. Eldor Boymatov (Mirjalol Qosimov 62), 21. Muxsin Ubaydullayev, 30. Elguja Grigalashvili, 44. Maqsud Karimov, 98. Begzod G‘anijonov (Sherali Jo‘rayev 46)
«Andijon»: 77. Vitaliy Mirniy, 3. Bobir Amanov, 7. Oybek Qilichev, 10. Shaxzodbek Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov 58), 17. Abdullox Olimov, 21. Ildar Mamatkazin, 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 24. Doniyor Ismoilov (Farhod Bekmurotov 53), 75. Asror G‘ofurov, 88. Abror Xusinov (Farhod Mirahmatov 83), 89. Bobir Akbarov.
Ogohlantirishlar: Mamatkazin (45+2), Qilichev (45+3), Bekmurotov (56), Amanov (64), Qosimov (85)
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Husniddin Shodmonov, Sanjar Shoyusupov, Komiljon Rasulov. 
Nazoratchi: Ma'mur Saidqosimov. 
PFL komissari: Bekzod Aripov.

Mavzuga oid