Rossiya TIV: Sheremetevo aeroportida AQSh elchixonasi xodimi mina olib o‘tishga urindi
Moskvaning Sheremetevo aeroportida AQSh elchixonasi xodimi yuklari ichida mina olib o‘tishga urindi, deb xabar berdi RIA Novosti Rossiya TIV matbuot xizmatiga tayanib.
"Aftidan, AQSh chegaralarimiz yaqinida muntazam ravishda jangovar kemalar va samolyotlar yordamida ig‘vogarona reydlar uyushtirish orqali Rossiyada xavfsizlik ta'minlanganlik darajasini nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan ham tekshirishga urinmoqda. Buning ustiga, o‘z elchixonasi xodimlari yordamida", — deb ma'lum qilgan RIA Novostiga TIV vakili.
Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, AQSh elchixonasi xodimining yuklari tekshirilganida minomyot minasiga o‘xshash buyum borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, tekshiruv joyiga chaqirilgan portlash texnikasi mutaxassislari uning korpusi ustida portlovchi modda izlari bo‘lgan, ammo portlovchi moddasiz mina ekanligini tasdiqlashgan.
Diplomatlarning so‘zlariga ko‘ra, elchixona xodimi xizmat safari yakunlangani tufayli Rossiyani tark etayotgan bo‘lgan va bo‘sh minani "shaxsiy kolleksiyasi uchun" olganini ta'kidlagan. U keyingi reys bilan Nyu-Yorkka uchib ketgan, faqat minasiz holda.
Mavzuga oid
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
09:00 / 15.10.2024
Ukraina binolarni minalashtirish bilan bog‘liq tahdidlar to‘lqiniga duch keldi
13:55 / 30.07.2024
Litva o‘z hududida minalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
15:34 / 12.01.2024