Temiryo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga boshliq tayinlandi
Hukumat qarori bilan Doniyor Ahmedov O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Temiryo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar bermoqda.
Inspeksiya davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va temiryo‘l transporti sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar tomonidan temir yo‘l transporti sohasida harakat xavfsizligini ta'minlashga oid belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Bundan avvalroq Tolib Egamberdiyevich Uljayev O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:47 / 18.10.2024
Tirbandlik, tramvay loyihasi, haydovchilarga jazo va temiryo‘llarda sifat – transport vaziri bilan intervyu
13:44 / 09.04.2024
Hayit kunida jamoat transporti butun respublikada bepul bo‘lmaydi – Transport vazirligi
15:08 / 13.02.2024
O‘zbekistonda ayollarga avtobus va yuk mashinalarini haydashga ruxsat berildi
12:25 / 08.02.2024