Jahon | 08:00 / 10.03.2019
8232
1 daqiqa o‘qiladi

Turkish Airlines samolyotining 29 yo‘lovchisi turbulentlik sababli jabrlandi

Foto: Flickr / BriYYZ

9 martda Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbuldan Nyu-Yorkka parvozni amalga oshirgan samolyotida turbulentlik vaqtida 29 yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, samolyot bortida 326 yo‘lovchi va ekipajning 21 a'zosi bo‘lgan. Samolyot Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportga yaqinlashayotganda samolyotda kuchli titrash boshlangan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 29 kishi yengil, asosan lat yeyish jarohati olgan. 

Mavzuga oid