Sport | 03:01 / 14.03.2019
13817
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Liverpul" safarda "Bavariya"ga 3ta gol urib, chorakfinalga chiqdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yini doirasida navbatdagi o‘yin o‘tkazildi. 

"Bavariya" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qilib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Mane dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol van Deyk tomonidan kiritildi. Maydon egalarining yagona goli ham "Liverpul" himoyachisi Matip o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. 

Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv golsiz durang bilan yakunlangan edi va shu tariqa, "Liverpul" chorakfinalga chiqdi. 

Bavariya – Liverpul 1:3

Gollar: 0:1 – 26 Mane, 1:1 – 39, avtogol Matip, 1:2 – 69 van Deyk, 1:3 – 84 Mane.
Bavariya – Noyyer, Zyule, Alaba, Rafinya, Xummels, Martines (Goretska, 72), Alkantara, Xames (Sanshesh, 79), Gnabri, Riberi (Koman, 61), Levandovski.
Liverpul – Alisson, Matip, Roberson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner (Lallana, 87), Xenderson (Fabino, 13), Veynaldum, Mane, Saloh, Firmino (Origi, 83).
Fabino (43), Matip (63), Alkantara (65), Sanshesh (83), Roberson (90).
Ilk uchrashuv – 0:0

Mavzuga oid