Jamiyat | 09:02 / 16.03.2019
13499
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda bosqinchilik qilishga uringan to‘rt nafar shaxs ushlandi

2019 yil 10 mart kuni 2 nafar noma'lum shaxslar Namangan viloyatining Norin tumani Yaydoq mahallasida yashovchi B.X.ning uyiga bosqinchilik maqsadida devor oshish yo‘li bilan kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular uy egasiga tan jarohati yetkazgan vaqtlarida oila a'zolari ko‘targan shovqin tufayli hech narsa ololmay voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi N.A. va O.O., Andijon shahrida yashovchi D.Q. va E.Q. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid