Jamiyat | 19:04 / 16.03.2019
10955
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri onlayn muloqotda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Bugun, 15 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov respublika oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda joylardagi barcha oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan, yetimlik va chin yetimlikda o‘sgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iqtidorli va tashabbuskor talaba-yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Ikki soatdan ko‘proq vaqt davom etgan muloqotda vazir talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qish shartlari va stipendiya, imkoniyati cheklangan va nogironligi bor talabalarning o‘qishi, turar joy hamda maxsus adabiyotlar bilan ta'minlanishi, xorijda ta'lim olish va boshqa mavzularda qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi.  

Suhbat yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar to‘liq ko‘rib chiqilishi qayd etildi.

Mavzuga oid