Jahon | 19:30 / 19.03.2019
9499
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda savdo markazi binosi qulab tushdi

Foto: twitter

Hindistonning janubi-g‘arbidagi Dxarvad shahrida savdo markazi binosi qulab tushdi. Bu vaqt markazda 200 ga yaqin odam bo‘lgan.

Times of India nashrining xabar berishicha, ayni vaqtda bir kishi halok bo‘lgani va 6 kishi jarohatlangani ma'lum, biroq vayronalar ostida ko‘plab odamlar qolmoqda.

Binoning 1- va 2-qavatida 90 taga yaqin do‘kon joylashgan bo‘lib, voqea vaqtida u yerda 150 ga yaqin odam bo‘lgan.

Ba'zi odamlar vayronalar ostidan o‘zlari mustaqil chiqa olishgan, biroq 40-90 kishi qutqaruvchilar yordamini kutmoqda.

Mahalliy aholining ta'kidlashicha, boshidan konstruksiyasi mustahkamligi bilan ajralmagan bino 3-qavatdagi qurilish ishlari vaqtida qulagan.

Voqea joyida shifokorlar, qutqaruvchilar va politsiyachilar ish olib bormoqda.

Mavzuga oid