O‘zbekiston | 12:10 / 20.03.2019
26806
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilgan Agroinspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari tayinlandi

Foto: iStock

Hukumat qarori bilan Muzaffar Rahimjonovich Rasulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Adliya vazirligi telegram kanalida xabar berilishicha, Ulug‘bek Normamatovich Jovliyev, Zafar Zoirovich Saidov va Ikromjon Fayzulloyevich Hamroyev inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni (PF-5690, 15.03.2019 y.) bilan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.

Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilgan inspeksiyaning asosiy vazifalari belgilandi.

Mavzuga oid