Jahon | 15:03 / 22.03.2019
7236
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda 62 soat davomida vayronalar ostida qolib ketgan erkak qutqarildi

Foto: ANI

Hindistonda qutqaruvchilar 62 soat davomida qulab tushgan bino vayronalari ostida qolib ketgan erkakni qutqarishdi, deb xabar berdi NDTV telekanali.

Bino 21 mart kuni Karnataka shtatidagi Dxarvad shahrida qulab tushgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘lgan.  

Telekanalning aniqlik kiritishicha, ayni paytga qadar 64 kishi qutqarib olingan, yana olti kishi vayronalar ostida qolmoqda. 

Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Qutqaruv operatsiyasida ofatlar vaqtida harakatlanish kuchlari, yong‘in xavfsizligi hamda tez yordam brigadalari ishtirok etmoqda.

Ma'lum qilinishicha, bino egasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Mavzuga oid