Norvegiya qirg‘oqlari yaqinida kruiz laynerida muammo yuzaga keldi. Uning yo‘lovchilarini evakuatsiya qilish boshlandi
Norvegiya qirg‘oqlari yaqinida suzayotgan Viking Sky nomli kruiz laynerining dvigateli ishdan chiqdi. VG nashri mahalliy politsiyaga asoslanib xabar tarqatishicha, kemadagi 1,3 ming nafarga yaqin yo‘lovchini evakuatsiya qilish jarayoni boshlangan.
«U (layner – tahr. ) harakatlana olmay qoldi», — degan Tur politsiyasi boshlig‘i Andre Frank.
Qutqaruv markazi matbuot kotibi Eynar Knudsenning so‘zlariga ko‘ra, hodisa ro‘y bergan hududda 3ta qutqaruv vertolyoti ish olib bormoqda. Qirg‘oqda esa maxsus punkt tashkil etilib, laynerdagi odamlar shu yerga keltirilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, kema qoyatoshga urilgan va Myore-og-Romsdal qirg‘oqlaridan 4-5 km masofada to‘xtab qolgan. Bu hudud Norvegiya qirg‘oqlarining eng xavfli qismi hisoblanadi.
Nashrning qayd etishicha, kema langar tashlagan va harakatsiz to‘xtagan.
Ayni vaqtda bitta vertolyot bir reysda 20 nafardan ortiq kishini olib ucholmaydi. Evakuatsiya ishlari boshlanganidan buyon 100 kishi qutqarilgan. Agar langar bo‘shab ketsa ahvol og‘irlashishi mumkin.
Mavzuga oid
13:50 / 25.10.2024
O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
19:30 / 24.10.2024
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash taklif etildi
09:10 / 16.10.2024
Rossiya Norvegiyadagi elchixonasi shtatini qisqartirdi
20:31 / 12.10.2024