Netanyaxu Vashingtonda Tramp bilan Jo‘lan, Eron va Suriyani muhokama qilmoqchi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uning Jo‘lan tepaliklari bo‘yicha deklaratsiyasi, Suriyadagi vaziyat va Eronga bosim o‘tkazishni davom ettirishni muhokama qilmoqchi. Bu haqda Isroil bosh vaziri devonxonasi ma'lum qildi.
"Men Tramp bilan Jo‘lan tepaliklari, uning tarixiy deklaratsiyasi, Suriya, Eronga bosim o‘tkazishda davom etish, unga qarshi kiritilgan va kiritiladigan qo‘shimcha sanksiyalar, xavfsizlik va razvedka bo‘yicha o‘rtamizdagi hamkorlik darajasi to‘g‘risida suhbatlashaman", - deya iqtibos keltiriladi Netanyaxuning so‘zlaridan.
Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh uchun Isroilning Jo‘lan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olish vaqti kelganligini bildirgandi.
U Twitter sahifasida Jo‘lan tepaliklari o‘ta muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini, Isroil davlati va mintaqaviy xavfsizlik uchun muhimligini e'tirof etdi.
O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga Jo‘lan tepaliklari ustidan yahudiy davlatining suverenitetini tan olishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Trampning bayonoti Binyamin Netanyaxuning AQShga tashrifi va Isroilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar arafasida yangradi.
Jo‘lan tepaliklarining Isroilga tegishli ekanligini tan olish haqidagi mazkur bayonot boshqa mamlakatlar tomonidan salbiy qarshi olindi.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
00:37 / 25.11.2024
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
08:50 / 14.09.2024