Poytaxtda ilk xalqaro yarim marafon bo‘lib o‘tdi
24 mart kuni Toshkent shahrida ilk marotaba xalqaro formatdagi yarim marafon bo‘lib o‘tdi.
Marafon doirasida ishtirokchilar ikki xil uzunlikdagi masofani yugurib o‘tishlari mumkin – havaskorlar uchun 5 kilometr, professionallar uchun esa 21 kilometr.
Tadbir respublikadagi yirik tashkilot va boshqarmalar, kompaniyalar, xorijiy va xayriya tashkilotlar, shuningdek, Adrenaline Rush savdo belgisi hamkorligida tashkil etildi.
Yugurish Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasidan boshlanib, Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Mustaqillik shoh ko‘chalari bo‘ylab metroning Buyuk ipak yo‘li bekatiga, keyin Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot ko‘chalari orqali Amir Temur maydoni, O‘zbekiston ko‘chasi, Mustaqillik maydoni, Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chasi orqali boshlangan joyiga qadar bo‘lgan masofada bo‘lib o‘tdi.
Yirik qamrovdagi mazkur xalqaro sport tadbirida nafaqat o‘zbekistonliklar, balki xorijiy mehmonlar ham ishtirok etishdi.
Ilk bor o‘tkazilgan mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shahar aholisi va mehmonlari orasida yugurishga qiziqishni oshirish, xalqaro do‘stona sport aloqalari va turizmni rivojlantirish, Toshkent shahrini ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishga imkon beruvchi infratuzilmaga ega zamonaviy shahar sifatida taqdim etish, xorij mamlakatlaridan sportchilar va sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.
«Muvaffaqiyatingni haqiqiy quvvati» shiori ostida ishlab chiqariladigan mazkur brend bir necha yillardan beri bozor reytingida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Energetik ichimlik tarkibiga tetiklashtiruvchi ingrediyentlar, shuningdek, V gruppasiga mansub vitaminlar kiradi va ular insonning charchog‘ini kamaytirishga, asab tizimi hamda aqliy faoliyatni normal harakatlanishiga yordam beradi.
Adrenaline Rush bilan siz hamma narsaning uddasidan chiqa olasiz!
Adrenaline Rush bilan faol turmush tarzini tanlang.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:10 / 26.10.2024
Inson matonati – 61 yoshida supermarafonda g‘olib chiqqan avstraliyalik cho‘pon
10:50 / 14.10.2024
Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
23:49 / 10.08.2024