Jamiyat | 19:45 / 26.03.2019
13090
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Sultonov o‘zi o‘qigan maktab kutubxonasiga shaxsiy kolleksiyasi kitoblaridan sovg‘a qildi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov 26 mart kuni o‘zi o‘qigan 180-sonli maktabga tashrif buyurdi va maktab kutubxonasiga o‘zining shaxsiy kolleksiyasidan kitoblar sovg‘a qildi. Energetika vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Bunday tashabbusning muhimligi 19 mart kuni yoshlar ma'naviyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ko‘mak berish, yoshlar orasida kitob o‘qishni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qayd etilgan edi.

Фото: Министерство энергетики
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda davlat rahbari aholi ma'naviyatini yaxshilash haqida so‘z yuritib, shunday dedi:

"Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi".

Mavzuga oid