Jamiyat | 07:51 / 26.03.2019
13642
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarning plastik kartalaridan pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab kelgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Foto: iStock

Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi banklardan birida (tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmagan) o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida “qing‘ir ishning qiyig‘i” chiqib qoldi, deya xabar beriladi viloyat IIB saytida.

Qayd etilishicha, bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqaroning bank plastik kartochkalaridan 2 yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlab kelganliklari aniqlangan.

“Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” shiori ostida mamlakatimizda faoliyat olib borib, aholining ishonchini oqlab kelayotgan ko‘pgina banklardan birida uchragan ushbu qonunbuzarlik holatini “guruch orasidagi kurmak” deb baholash mumkin, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ushbu bank xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid