Sport | 19:57 / 26.03.2019
13408
3 daqiqa o‘qiladi

Lyubinko Drulovich: «Saralashda fantastik o‘yin ko‘rsatdik»

O‘zbekiston U23 hamda Tojikiston U23 jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng har ikki jamoaning bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning ikkinchi qismida O‘zbekiston U23 bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich savollarga javob berdi. Unda qatnashgan Tribuna.uz muxbiri murabbiyning so‘zlarini yozib oldi.

«Xayrli kech. Biz butun o‘yin davomida ustunlik qildik, lekin gol ura olmaganimiz chakki bo‘ldi. Birinchi bo‘limda uchta yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadik. Osiyo Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganimiz eng asosiysi.

Saralashda yorqin o‘yin ko‘rsatmadik? Kechirasiz, biz ikki oy mana shu natija, mana shu o‘yinlar uchun tayyorlandik. Shogirdlarim zo‘r o‘yin ko‘rsatishdi. To‘p nazorati, maydondagi barcha harakatlar menga ma'qul bo‘ldi. Biz guruhdagi eng yaxshi jamoa edik va buni isbotladik. Bir so‘z bilan aytganda shogirdlarim fantastik o‘yin ko‘rsatishdi. To‘g‘ri, bugun o‘tgan o‘yindagi kabi uchta gol ura olmadik, chunki bosim katta edi. Axir bugun yo‘llanma taqdiri hal bo‘ldi.

Bobur Abduxoliqovning jarohati bor edi, shu sabab uni asosiy tarkibda tushirmadik. Futbolchilarimning klubda tajriba orttirishi muhim. Ular shu bilan ikki oy klublariga ketishadi va u yigitlar yerda ham o‘z o‘rinlarini topishi muhim. Keyingi yig‘inlarimiz imkon boricha faqat FIFA kunlarida o‘tkaziladi.

Biz o‘rtoqlik o‘yinlarida kuchliroq jamoalarga qarshi o‘ynashga harakat qilamiz. Yevropa jamoalari yoki Osiyoning kuchli jamoalari bilan. Markazda yaxshi o‘ynay olmayapmiz? Yarim himoyamizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Abdullayev, Oybek. Abror ham bor. Qaysidir chiziqning kuchsiz ko‘rinishi normal holat. Yarim himoyamiz kuchsiz deb ayta olmayman»,- deydi Drulovich.

Mavzuga oid