Profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha "O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 24 dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq:
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari lavozimlari tugatilib, ularga ish haqi to‘lash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari saqlab qolingan holda, bo‘shayotgan shtat birliklari hisobidan profilaktika (katga) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimlari joriy etilgan hamda ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun shaxsiy javobgarlik yuklangan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan profilaktika inspektorlarining yordamchilariga Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyasiga asosan ichki ishlar organlarining oliy ta'lim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kvota asosida o‘qishga kirish huquqi berilgan;
profilaktika inspektorlarining yordamchilarini ichki ishlar organlarining oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalarga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan.
Hujjat bilan quyidagilar:
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Profilaktika (katga) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarining kvota asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy ta'lim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, quyidagilar profilaktika inspektorlari yordamchilarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tegishli hududda xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda ichki ishlar organlariga ko‘maklashish;
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning, shuningdek, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishda ishtirok etish;
fuqarolar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish;
voyaga yetmaganlar hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik. fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish;
“Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari, “Jamoatchilik nazorati maskanlari” faoliyatini kunlik nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish.
Mavzuga oid
12:08 / 12.09.2024
Surxondaryoda inspektorni haqoratlab, pogonini yulgan mayorga tanbeh berildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
08:50 / 27.08.2024
Farg‘onada profilaktika inspektori pichoq bilan hujum qilinishi oqibatida vafot etdi
07:50 / 26.08.2024