Messi karerasidagi eng chiroyli golini aytdi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida urgan gollari orasidan qaysi birini eng chiroyli deb hisoblashini aytdi.
«Eng yaxshi golimni Chempionlar ligasi yarimfinalida «Real»ga urgandim», – degan Leodan iqtibos keltirmoqda El Chiringuito.
Argentinalik sardor 2010/11 mavsumida YeChLning 1/2 finali doirasida «Real»ga qarshi ilk uchrashuvda (2:0) ikkala golga ham mualliflik qilgandi. O‘shanda Barselonada o‘tgan javob bahsida durang (1:1) qayd etilgan, «ko‘k-anorranglilar» Londondagi finalda «Manchester Yunayted»ni yengib (3:1), bosh sovrinni qo‘lga kiritishgandi.
In 3th...🥁🥁🥁
— FC Barcelona (@FCBarcelona) March 28, 2019
With 4,198 votes...
Leo #Messi 🆚 Real Madrid#BarçaBestGoalEver pic.twitter.com/xd8MLcUSJ9
Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘rovnoma asosida «Barselona» tarixidagi eng chiroyli gol aniqlangandi. Unda Messining Ispaniya kubogi 2006/07 mavsumining yarimfinalida «Xetafe» darvozasiga kiritgan to‘pi shunday e'tirofga loyiq ko‘rilgan.
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024
«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
17:50 / 19.07.2024