Jahon | 20:43 / 30.03.2019
11260
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya gaz uchun “aqlli hisoblagichlar”ni majburiy tarzda o‘rnatish g‘oyasidan voz kechdi

Foto: Aleksandr Kryajyev / RIA Novosti

Rossiya hukumati gaz uchun “aqlli hisoblagichlar”ni majburiy tarzda o‘rnatish g‘oyasidan voz kechdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozak ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan summa aholi uchun o‘ta qimmatlik qiladi.

“Rossiya hukumati iste'molchilar manfaatini hisobga olmasdan qaror qabul qila olmaydi”, — dedi Kozak.

Kozakning aytishicha, hukumat bu hisoblagichlar arzonlashishini va mazkur g‘oya rossiyaliklarga qiyinchilik tug‘dirmaydigan payt kelishini kutib turadi.

Rossiyada gaz uchun “aqlli hisoblagichlar” o‘rnatilishi rejasi haqida o‘tgan yil dekabrida ma'lum qilingandi. O‘shanda butun Markaziy Rossiya bo‘yicha bunday hisoblagichlar o‘rnatilishi 130 milliard rublga tushishi, bitta uskunaning narxi 5 ming rublni tashkil etishi aytilgandi.

Mavzuga oid