O‘zbekistonlik 5 nafar bokschi Boku turniri finaliga yo‘l oldi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqaning yarim final bellashuvlari yakunlandi. Dunyoning 10dan ortiq mamlakatidan kelgan charm qo‘lqop ustalari ishtirokida kechayotgan musobaqada O‘zbekiston vakillaridan 5 nafari finalga chiqdi.
O‘zbekiston jamoasi yetakchisi Hasanboy Do‘smatov jarohat tufayli yarim final jangida ishtirok etmadi va finalga chiqa olmadi. Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Jasurbek Latipov esa yarim finalda qozog‘istonlik Shalkar Ayxinbayga yutqazdi.
Yarim final bahslari natijasi:
-49 kg: Jasurbek Latipov – Shalkar Ayxinbay (Qozog‘iston)
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Yermek Madiyev (Qozog‘iston)
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov – Oljas Bayniyazov (Qozog‘iston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Javid Chalabiyev (Ozarbayjon)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Tamerlan Magomedov (Rossiya)
-81 kg: Xurshid Abdullayev – Rauf Rahimov (Ozarbayjon)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Yunus Balla (Marokash)
+91 kg: Obidjon Toxirov – Shigabudin Aliyev (Rossiya)
Yarim finalda imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik bokschilar bronza medaliga ega bo‘lishadi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024