Sport | 07:33 / 01.04.2019
4816
1 daqiqa o‘qiladi

Rojyer Federer faoliyatidagi 101-unvonni qo‘lga kiritdi

Foto: Julian Finney/Getty Images

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer faoliyatidagi 101-unvonni qo‘lga kiritdi. Afsonaviy tennischi Mayamidagi “Masters 1000” toifasidagi musobaqa finalida amerikalik Jon Isnerni ikki setda 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub eta oldi. Uchrashuv 1 soat 3 daqiqa davom etgan.

Federer Isner bilan 8 ta rasmiy uchrashuvning 6 tasida g‘alaba qozongan. 

Amerikalik tennischi 2018 yilda shu musobaqada qo‘lga kiritgan unvonini himoyalay olmadi. Federer uchun ushbu final “Masters” seriyasiga kiruvchi musobaqalardagi 50-final bo‘ldi.

Shveytsariyalik tennischi faoliyatidagi 100-yubiley unvonni mart boshida Dubayda o‘tgan musobaqada qo‘lga kiritgandi. 

Federer hisobida “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalardagi 20 ta unvon bor.

Mavzuga oid