OAV NATO Gorbachyovni qanday «aldagani» haqida ma'lumot berdi
1990 yilda NATOga a'zo bo‘lgan davlatlar rahbarlari SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovga NATO sharqqa kengaymasligi to‘g‘risida va'da berishgan, ammo keyinchalik bu va'dalar e'tiborga olinmagan, deb yozmoqda The National Interest harbiy jurnali.
Qayd etilishicha, Gorbachyovga bu haqda AQSh prezidenti katta Jorj Bush, Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher, Fransiya prezidenti Fransua Mitteran, Germaniya kansleri Helmut Kol, shuningdek, ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari va'da bergan.
Biroq keyinchalik, deya eslatadi nashr, NATO «Tinchlik uchun sheriklik» dasturini ishlab chiqdi, uning doirasida alyans Sharqiy Yevropa davlatlariga hamkorlikni taklif qildi. Shuningdek, jurnal mualliflarining qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Gruziya ham NATOga a'zo bo‘lishni istayapti.
Bundan oldin, Gorbachyov sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishda nima yordam berganini aytgandi.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
15:30 / 20.09.2024
NATOning ikkita shtabi Finlandiyada joylashtiriladi
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
22:00 / 18.09.2024