Andijon xalq ta'limi boshqarmasi «Yoshlar tarbiyasida 5 muhim tashabbusni amalga oshirish» mavzusida viloyat seminari o‘tkazdi
Maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga yoshlikdan turli to‘garaklar orqali kasb-hunar sirlarini o‘rgatib borish ta'limning ajralmas qismidir.
Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Andijon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini sog‘lom hayot tarziga mos tashkil etish borasida «Yoshlar tarbiyasida maktabdan tashqari ishlarning o‘rni» mavzusida viloyat seminari o‘tkazdi.
Viloyatning barcha tuman-shaharlari vakillari ishtirok etgan mashvarat davomida maktabdagi - yosh rassomlar, teatr, musiqa, kompyuter savodxonligi, sport seksiyalari, adabiyot va san'at sirlarini o‘rgatuvchi to‘garaklar faoliyati yoritildi.
Bayram, sayil ko‘rinishida tashkil etilgan seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukov so‘z olib, besh tashabbus – yoshlarni musiqa va san'atga qiziqishlarini oshirish, jismoniy tayyorgarlik, kompyuter savodxonligi, o‘quvchilarning ma'naviyatini yuksaltirish, qizlarni yoshlikdan hunarga o‘rgatib borishni tashkil etish borasida ma'ruza qildi va maktab kutubxonasiga sovg‘a sifatida150ta kitob topshirdi.
Qatnashchilar barcha to‘garaklar ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024