Sport | 19:41 / 03.04.2019
13279
2 daqiqa o‘qiladi

Pele Parijda shifoxonaga yotqizildi

2 aprel, seshanba kuni futbol afsonasi Pele yuqori harorat va varaja xuruji tufayli Parijdagi kasalxonalardan biriga yotqizildi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, 78 yoshli braziliyalikning hayotiga jiddiy xavf yo‘q. Uning yaqinlari Pele mehmonxonadan shifoxonaga olib ketilganini tasdiqlashgan, shuning barobarida bu ehtiyot chorasi bo‘lganini ma'lum qilishgan.

Uch karra jahon chempioni Parijga «PSJ» klubi va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bilan ko‘rishish uchun borgandi. Uchrashuvda u 20 yoshli fransuzning muxlisi ekanini aytgan, shuningdek, Mbappening kamchiliklarini sanab o‘tgan.

Ushbu holat Pelening sog‘ligi bilan bog‘liq keyingi yillardagi muammolarning dastlabkisi emas. U 2014 yil noyabr oyida peshob yo‘llarining jiddiy infeksiyasi oqibatida reanimatsiyaga yotqizilgan edi. Pele 2016 yili Rio-de-Janeyroda o‘tgan Olimpiada mash'alasini yoqa olmagan, JCh-2018ga qur'a tashlash marosimiga esa nogironlar aravachasida kelgandi.

Mavzuga oid