AQSh Xalqaro jinoyat sudi prokuroriga berilgan vizani bekor qildi
AQSh Xalqaro jinoyat sudi prokurori Fatu Bensudaga berilgan vizani bekor qildi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.
Agentlikning bildirishicha, mazkur qaror prokuraturaning Afg‘onistondagi vaziyatni o‘rganishi munosabati bilan qabul qilingan.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Qo‘shma Shtatlar Xalqaro jinoyat sudi xodimlariga viza berishda cheklovlar joriy etilishini ma'lum qilgandi. Bunga prokuraturaning 2017 yilda Afg‘onistondagi vaziyatni o‘rganish to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘lgan. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiylari Afg‘onistonda, MRB xodimlari esa Polsha, Litva va Ruminiyadagi maxfiy qamoqxonalarda insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishgan deyish uchun asoslar bor.
Xalqaro jinoyat sudi BMT tizimiga kirmaydi, ammo tashkilot bilan izchil aloqaga ega, prokuror esa Xavfsizlik kengashi a'zolari oldida muntazam chiqishlar qiladi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024