«Jabrlanganlar yo‘q»: «O‘zbekiston temir yo‘llari» Dehqonoboddagi hodisaga izoh berdi
Joriy yilning 6 aprel kuni ertalab kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Oqrabot qishlog‘ida ko‘chkilar hosil bo‘ldi, buning oqibatida temir yo‘l sathining pasayishi yuz berdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda yo‘l ustki qismni mustahkamlash bo‘yicha tiklash ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida peregon (ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa - tahr.) vaqtincha yopildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan ushbu uchastkada yuk ko‘chma sostavi xodimlari (to‘xtab qolgan elektrovozda bo‘lganlar) avtobuslar yordamida olib chiqib ketilgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning boshqaruv raisi v.b. X.Hosilov boshchiligidagi rahbariyati yuzaga kelgan noqulayliklarni tezda bartaraf etish uchun voqea joyiga yo‘l olgan.
Ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, ko‘chma sostavning barcha vagonlari soz holatda.
Kompaniya rahbariyatining ta'kidlashicha, ushbu uchastka kechgacha to‘liq tiklanishi rejalashtirmoqda.
Bundan oldin, sellar temiryo‘lga ham zarar yetkazgani, Dehqonobodda poyezd izdan chiqib ketgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:16 / 26.07.2023
Jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi
11:41 / 21.06.2023
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i YTHga uchradi
21:35 / 11.05.2022
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanmoqda
11:23 / 28.04.2022