Kolomoyskiy Ukraina hukumatidan ikki milliard dollar talab qilmoqchi
Ukrainalik biznesmen, Privatbank banki sobiq hammuassisi Igor Kolomoyskiy agarda sud bankni milliylashtirishni noqonuniy deb topadigan bo‘lsa, Ukraina hukumatidan ikki milliard dollar talab qilmoqchi.
Biznesmen suddan Ukraina Milliy bankining Privatbankni to‘lovga layoqatsiz deb topgan qarorini, bankni bozordan chiqarish haqidagi taklif tasdiqlangan qarorni bekor qilishni talab qilmoqda. Navbatdagi sud majlisi 18 aprelda bo‘lib o‘tadi.
"Agarda sud bu qarorlarni noto‘g‘ri, noqonuniy deb topsa, bu ishni hal qilish yoki sudlashish borasida kelishamiz. Privatbankning ikki milliard dollar kapitali bor edi. qaytarishsin, muammo qolmaydi", - dedi Kolomoyskiy "Yevropeyskaya pravda" internet nashriga.
2016 yil oxirida Ukraina hukumati mamlakatdagi eng yirik xususiy bank bo‘lgan Privatbankni xususiylashtirgandi. Moliya vazirligi bankning yuz foiz aksiyasi egasiga aylangandi.
Mavzuga oid
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024